VISART
Arxitektura loyihalash Toshkentda

Arxitektura loyihalash Toshkentda

Xususiy uy, kottej yoki tijorat binosi loyihasi — yer uchastkasi tahlilidan tortib qurilish uchun chizmalargacha.

Uy loyihasi yer uchastkasi, quyosh tomoni, kirish yo'li va oilaning turmush tarziga qarab tuziladi. Biz xonalar joylashuvini mantiqiy qilib, qurilish va keyingi foydalanish xarajatlarini oldindan hisobga olamiz.

Premium va Lyuks paketlarida fasad uslubi — zamonaviy yoki klassik — 3D vizualizatsiyada ko'rsatiladi. Barcha paketlarga asosiy va ustalar uchun ishchi chizmalar (fasad, plan, kesim) kiradi. Faqat ruxsatnoma hujjatlari alohida buyurtma qilinadi.

Xizmatga nimalar kiradi

  • Yer uchastkasi va talablarni tahlil qilish
  • Eskiz va planirovka variantlari
  • Fasad dizayni (zamonaviy yoki klassik)
  • Tashqi ko'rinish 3D vizualizatsiyasi (Premium va Lyuks paketlarida)
  • Asosiy chizmalar: fasadlar, rejalar, kesimlar (barcha paketlarda)
  • Ustalar uchun ishchi chizmalar (barcha paketlarda)
  • Landshaft dizayn konsepsiyasi (Lyuks paketida)
  • Ruxsatnoma hujjatlari (alohida buyurtma qilinadi)

Ish bosqichlari

  1. TanishuvUchastka, xonalar soni, qavatlar va byudjetni aniqlaymiz.
  2. EskizPlanirovka va hajmiy yechim variantlarini taklif qilamiz.
  3. Fasad va 3DTashqi ko'rinishni 3D'da tasdiqlaymiz.
  4. ChizmalarFasad, reja va kesimlarni tayyorlaymiz.
  5. HujjatlarKerak bo'lsa ruxsatnoma uchun hujjatlarni rasmiylashtiramiz.

Narxlar

Standart

800 000 so'm / sotix
  • 1 ta konsepsiya varianti
  • Asosiy chizmalar va ustalar uchun ishchi chizmalar (fasad, plan, kesim)
  • 2 tagacha bepul o'zgartirish
  • 1 marta maslahat uchrashuvi
Kalkulyatorda hisoblash →

Premium

1 080 000 so'm / sotix
  • 2 ta konsepsiya varianti
  • Asosiy va ishchi chizmalar to'liq to'plami
  • Tashqi ko'rinish 3D vizualizatsiyasi
  • Material va bezak tavsiyalari
  • 3 tagacha bepul o'zgartirish
  • 2 marta muvofiqlashtirish uchrashuvi
Kalkulyatorda hisoblash →

Lyuks

1 440 000 so'm / sotix
  • 3 tagacha konsepsiya varianti
  • Asosiy va ishchi chizmalar to'liq to'plami
  • To'liq 3D vizualizatsiya (bir necha rakurs)
  • Muallif nazorati (qurilish jarayonida saytga tashrif)
  • Individual landshaft dizayn konsepsiyasi
  • 5 tagacha bepul o'zgartirish
  • Cheksiz maslahat uchrashuvlari
Kalkulyatorda hisoblash →

Yakuniy narx obyekt va vazifaga qarab aniqlanadi. Taxminiy summani kalkulyatorda ko'ring.

To'lov tartibi

40%Shartnoma imzolanganda (oldindan)
30%Dizayn konsepsiyasi tasdiqlanganda
30%Loyiha to'liq topshirilganda

Savol-javob

Uy loyihasi narxi qanday hisoblanadi?

Narx yer maydoni (sotix), qavatlar soni va tanlangan paketga (Standart, Premium, Lyuks) qarab hisoblanadi. Narx turar joylar uchun 500 m² gacha, noturar binolar uchun 300 m³ gacha amal qiladi; maydon oshsa, narx loyihaga qarab alohida belgilanadi. Kalkulyatorda taxminiy narxni ko'rishingiz mumkin.

Loyiha qancha vaqtda tayyorlanadi?

Odatda 15–25 kun — uchastka va murakkablikka qarab.

Tayyor loyihani o'zgartirib berasizmi?

Ha, mavjud loyihani tahlil qilib, planirovka yoki fasadni qayta ishlab beramiz.

Ruxsatnoma olishda yordam berasizmi?

Ha, qurilish uchun zarur loyiha hujjatlarini tayyorlab beramiz. Batafsil — «Loyiha hujjatlari» xizmatida.

Loyihangizni muhokama qilaylik

Bepul konsultatsiyada taxminiy narx va muddatni aytib beramiz.