VISART
Pod klyuch ta'mir va qurilish

Pod klyuch ta'mir va qurilish

Loyihadan tortib kalit topshirishgacha — dizayn, ta'mir, materiallar va nazorat bitta jamoada.

Pod klyuch formatida siz alohida dizayner, prorab va ta'minotchi qidirmaysiz. Loyiha muallifi qurilishni ham nazorat qiladi, shuning uchun natija 3D loyihadagiga imkon qadar yaqin chiqadi.

Har bir bandni — usta haqi, qurilish materiallari, mebel va jihozlar — alohida tanlashingiz mumkin. Masalan, materialni o'zingiz olib kelsangiz, faqat ish va nazorat uchun to'laysiz.

Xizmatga nimalar kiradi

  • Dizayn-loyiha va ishchi chizmalar
  • Ta'mir yoki qurilish ishlarini tashkil qilish
  • Qurilish materiallarini tanlash va yetkazish
  • Mebel va jihozlar
  • Mualliflik nazorati — loyihaga muvofiqlikni tekshirish
  • Kommunikatsiyalarni ulash (suv, elektr, gaz)
  • Obyektni topshirish

Ish bosqichlari

  1. LoyihaDizayn-loyiha va smetani tasdiqlaymiz.
  2. Qora ishlarDevor, tom, kommunikatsiyalar.
  3. PardozlashIchki va tashqi pardozlash ishlari.
  4. Mebel va jihozlarYetkazish va o'rnatish.
  5. TopshirishTayyor obyektni kalit bilan topshiramiz.

To'lov tartibi

30%Shartnoma imzolanganda
30%Qurilish ishlari yakunlanganda
30%Pardozlash bosqichida
10%Obyekt topshirilganda

Savol-javob

Pod klyuch narxi qanday hisoblanadi?

Narx maydon va tanlangan bandlarga (ish, material, mebel) qarab hisoblanadi. Kalkulyatorda taxminiy summani so'm yoki dollarda ko'rishingiz mumkin.

Pod klyuch qancha vaqt oladi?

Maydonga qarab: 100 m² gacha — 1–2 oy, 300 m² gacha — 2–3 oy, kattaroq obyektlar — 4–12 oy.

Materialni o'zim olsam bo'ladimi?

Ha, har bir band mustaqil tanlanadi — materialni o'zingiz olib, faqat ish va nazoratni buyurtma qilishingiz mumkin.

Narxga nimalar kirmaydi?

Uchastkani tozalash, murakkab grunt uchun maxsus poydevor va davlat boj to'lovlari alohida hisoblanadi.

Loyihangizni muhokama qilaylik

Bepul konsultatsiyada taxminiy narx va muddatni aytib beramiz.